Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy hamda maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha ilgari surilgan 5 ta ustuvor tashabbusi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 28-avgustdagi №323-sonli buyrugʻining 2-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, oʻquvchi-yoshlarning badiiy tafakkurini rivojlantirish, ularni yangi ijodiy izlanishlarga ruhlantirish, rangtasvir, grafika va haykaltaroshlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga yo‘naltirilgan koʻrgazma dasturi Urganch shahridagi 1-sonli “Bolalar musiqa va sanʼat maktabi”da tashkil etildi. Mazkur tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi oʻquvchilarining bir guruhi faol ishtirok etdi.