TTA Urganch filiali akademik liseyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 1-iyuldagi 131-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirining 2010-yil 2-iyuldagi 202-sonli buyrugʻiga asosan, Hazorasp tibbiyot kolleji negizida tashkil qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida“gi 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3290-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-aprel № 303-F sonli farmoyishi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 21-aprel' № 362 va Sogʻliqni saqlash vazirining 2018-yil 2-maydagi № 287-sonli buyrugʻiga asosan, Hazorasp tumanida joylashgan TTA Urganch filiali akademik liseyi 2018-2019 oʻquv yilidan (1-bosqichga oʻquvchilarni qabul qilish va ularning oʻquv jarayoni) Urganch shahar Gʻ.Gʻulom koʻchasi 2-uy manzilda joylashgan Urganch neftʼ va gaz sanoat kasb-hunar kollejida faoliyatini davom qildirmoqda.
2020-2021 o'quv yilida Akademik litseyni 148 nafar o'quvchi bitirgan bo'lib, 109 nafari oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan. Akademik litseyning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi 73,6 % ni tashkil etmoqda.
2021 - 2022 o'quv yilida Akademik litseyni 137 nafar o'quvchi bitirgan bo'lib, 112 nafari oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan. Akademik litseyning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi 81,8 % ni tashkil etmoqda.
2022 - 2023 o'quv yilida Akademik litseyni 140 nafar o'quvchi bitirgan bo'lib, 115 nafari oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirgan. Akademik litseyning oliy ta'lim muassasalariga o'qishga kirish ko'rsatkichi 82 % ni tashkil etmoqda.
-2023-2024 o'quv yilida 1 bosqich va 2 bosqichda jami 287 o'quvchi tahsil olmoqda.
Sharipova fazilat Ollaberganovna 24.09.1983 yil. Xorazm viloyati Yangirariq tumanida tug'ilgan. Toifasi bosh ukituvchi. 2023-yil O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 25-sentabrdagi 433-sonli buyrugiga asosan O'rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi" ko'krak nishoni bilan mukofotlandi. Sherjanova Guli Raimbaevna 16.08.1977-yil Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida tug'ilgan. Toifasi bosh o'qituvchi. Akademik litseylar o'rtasida o'tkaziladigan fan olimpiadalarida o'zining o'qitayotgan guruxlaridagi o'quvchilari kimyo fani bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichlarni ko'rsatib kelmoqda.
Bizda zamonaviy o'quv binosi va yetuk professor o'qituvchilarning mavjudligi
Mustaqil O'zbekistonimizga kuchli kadrlarni yetkazib berish
100% natija bilan universitetlarga kirishni ta'minlash
O'quvchilar bitirgan
O'quvchilar talabalik sharafiga muyassar bo'lishgan
Olimpiada g'oliblari
Talabalar turar joyi