Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi “Informatika” fani oʻqituvchisi Xudayberganova Gulnora Tuxtabayevnaning elektron hisoblash mashinalari uchun ishlab chiqqan "Onlayn taʼlimda sotsializatsiya va ijtimoiy aloqalarning muammolari va yechimlari" nomli dasturi rasmiy ravishda davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, bugungi kunga qadar G.T.Xudayberganovaning 4 ta kitobi chop etilgan boʻlib, bunday samarali faoliyati uchun kafedra mudiri Sh.E.Sobirovning tashabbusiga muvofiq pedagog maʼmuriyat tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.