Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali akademik litseyi oʻquvchilari oʻrtasida "Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni" shiori ostida qator tanlovlar tashkil etildi. Ulardan biri — “Milliy sheʼriyat kechasi” akademik litseyning adabiyot va sheʼriyatga oshno yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirdi. Ushbu maʼnaviy tadbirlar nafaqat yosh avlodni yuksak madaniyatimiz, boy tariximiz va milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishtirish, balki ularni kelajak avlodga yetkazish masʼuliyatini ham his ettirishga xizmat qiladi. Bunday anʼanaviy uchrashuvlar yoshlarda vatanparvarlik, milliy gʻurur va maʼnaviy kamolot tuygʻularini yanada mustahkamlashga zamin yaratadi.